Barcha yangiliklar
Ustoz — millat kelajagini tarbiyalaydigan ulug‘ kasb egasi!
Gallery image 261639
Gallery image 261640
Gallery image 261641
Gallery image 261642
Gallery image 261643
Gallery image 261644
Gallery image 261645
RUZIYEV VOXIDJON SHERMAMATOVICH
08 Okt 2026
16:59

Ustoz — millat kelajagini tarbiyalaydigan ulug‘ kasb egasi!

📚 Ustoz — millat kelajagini tarbiyalaydigan ulug‘ kasb egasi!
1-oktyabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi safida pedagogik faoliyat olib borayotgan deputatlarimizga samimiy tabrik va ezgu tilaklar bildirildi.
🌿 Ustozlik — nafaqat bilim berish, balki yosh avlodga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish, ularning qalbida Vatanga, el-yurtga va ezgu qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini shakllantirishdek sharafli va mas’uliyatli vazifadir.
🏛 Bugungi kunda deputatlik faoliyati bilan bir qatorda ta’lim sohasida fidokorona mehnat qilayotgan deputatlarimizning tajribasi, bilim va hayotiy qarashlari jamiyat rivojida muhim o‘rin tutadi.
💐 Hurmatli deputat-ustozlar!
Sizlarni kasb bayramingiz — 1-oktyabr, O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz!
Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, pedagogik faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, shogirdlaringiz kamolini ko‘rish baxtini tilaymiz.
✨ Mashaqqatli va sharafli mehnatingiz doimo e’zozda bo‘lsin!