Barcha yangiliklar
Maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibor markazida
Gallery image 261623
Gallery image 261624
Gallery image 261625
Gallery image 261626
Gallery image 261627
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
25 Sen 2026
16:58

Maktablarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik — e’tibor markazida

O‘rganish davomida maktablarning isitish tizimlari, qozonxonalar, issiqlik tarmoqlari hamda o‘quv xonalarining mavsumga tayyorgarlik holati ko‘zdan kechirildi.

Ta’lim muassasalarini kuz-qish mavsumida uzluksiz va sifatli issiqlik bilan ta’minlash, o‘quvchilar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlar tomonidan maktablarda mavjud muammolar va ehtiyojlar o‘rganilib, mas’ullar bilan fikr almashildi.

Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish, isitish tizimlarini soz holatga keltirish hamda mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Mazkur o‘rganishlar ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoitlarni ta’minlash va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rishga xizmat qiladi.