Barcha yangiliklar
Elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan qaror ijrosi deputatlar nazoratida
Gallery image 261520
Gallery image 261521
Gallery image 261522
Gallery image 261523
Gallery image 261524
Gallery image 261525
Gallery image 261526
Gallery image 261527
RUZIYEV VOXIDJON SHERMAMATOVICH
08 Okt 2026
16:47

Elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan qaror ijrosi deputatlar nazoratida

⚡️ Elektr ta’minotini yaxshilashga qaratilgan qaror ijrosi deputatlar nazoratida
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 2026-yil 7-apreldagi VII-25-42-7-101-K/26-son qarori ijrosi yuzasidan deputatlar tomonidan hududlardagi elektr ta’minoti obyektlari joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida:
🔹 Yangiravot va Chimboy MFYlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVA F-Uchqara EUTni rekonstruksiya qilish;
🔹 Xovuzak MFYdagi TR-2372ga qo‘shimcha KTPS-160/10 kVA transformator o‘rnatish;
🔹 Turon, A. Navoiy va Furqat MFYlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 10 kVA F-Mintut EUTni rekonstruksiya qilish;
🔹 Mehnat mahallasida o‘rnatilgan yangi transformatorning texnik holati va sozligi ko‘zdan kechirildi.
⚙️ Shuningdek, o‘rnatilgan transformatorlarning amaldagi texnik holati, quvvat imkoniyatlari hamda hudud aholisini barqaror va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlashdagi ahamiyati o‘rganildi.
📌 Deputatlar tomonidan qarorda belgilangan vazifalarning amalda bajarilishi, elektr tarmoqlarining texnik holati va aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.