Barcha yangiliklar
Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
Gallery image 261501
Gallery image 261502
Gallery image 261503
Gallery image 261504
Gallery image 261505
Gallery image 261506
Gallery image 261507
Gallery image 261508
RUZIYEV VOXIDJON SHERMAMATOVICH
08 Okt 2026
16:45

Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda

🏠 Deputat tashabbusi bilan ehtiyojmand oilaga amaliy yordam ko‘rsatilmoqda
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Nodir Dusmurodov tashabbusi bilan Mang‘itobod mahallasida istiqomat qiluvchi, kam ta’minlangan fuqaro Artikova Nilufarning xonadonini ta’mirlash ishlari amalga oshirilmoqda.
Mazkur xonadonda tuman Kengashi kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida ishchi guruh a’zolari bilan birgalikda o‘rganish olib borildi.
🔎 O‘rganish davomida oilaning ijtimoiy holati, yashash sharoiti, mavjud muammolari, daromad manbalari hamda tibbiy, ta’lim va boshqa ijtimoiy xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi.
🏡 Shuningdek, xonadonning sanitariya holati, yashash sharoiti hamda tomorqadan samarali foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
🤝 O‘rganish natijasida oilani qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish va yashash sharoitini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
🔨 Bugungi kunda deputat tashabbusi asosida xonadonni ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu kabi amaliy tashabbuslar ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitini yaxshilash va ijtimoiy muammolarini manzilli hal etishga xizmat qiladi.