Barcha yangiliklar
Mehr va mahorat tarannum etilgan kun
Gallery image 261406
Gallery image 261407
Gallery image 261408
Gallery image 261409
Gallery image 261410
Gallery image 261411
Gallery image 261412
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
29 Sen 2026
16:31

Mehr va mahorat tarannum etilgan kun

Tadbirda tuman Kengashi deputatlari Z. Dagarova, S. Valiyeva, D. Qo‘ziyeva va R. Mengziyayeva ham ishtirok etishdi.

Tadbirning asosiy maqsadi tarbiyachilarning kasbiy salohiyati va mahoratini namoyon etish, ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirish, tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlardan samarali foydalanayotgan fidoyi tarbiyachilarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.

Ko‘rik-tanlovda ishtirokchilar belgilangan shartlar asosida o‘zlarining bilim va tajribasi, ijodkorligi, pedagogik mahorati hamda tarbiyalanuvchilar bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Har bir ishtirokchi o‘z kasbiga bo‘lgan mehrini, mas’uliyati va yangicha yondashuvini namoyon etishga intildi.

Tuman Kengashi deputatlari ko‘rik-tanlov jarayoni bilan yaqindan tanishib, tarbiyachilarning mashaqqatli va sharafli mehnati e’tirof etilib, ularga kasbiy faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilandi.

Yakunda tanlovda faol qatnashgan ishtirokchilar munosib rag‘batlantirilib, g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.