Barcha yangiliklar
KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 261403
Gallery image 261404
Gallery image 261405
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
08 Okt 2026
16:27

KALTA MINOR MFYDA KAM TA’MINLANGAN XONADONLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati A. Bobajanov tomonidan Xiva shahridagi Kalta minor MFYda aholi ijtimoiy holati, xususan, kam ta’minlangan xonadonlar bilan olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

 Mahallada jami 611 ta xonadon mavjud. Yil boshida 48 ta xonadon kam ta’minlanganlar ro‘yxatida bo‘lgan bo‘lsa, hozirgi kunda ushbu ko‘rsatkich 32 tani tashkil etmoqda.

 O‘rganish davomida “Mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan ishlar natijasida 16 ta xonadon kam ta’minlanganlar ro‘yxatidan chiqarilgani qayd etildi.

 Shuningdek, mahallada kam ta’minlangan xonadonlar bilan manzilli ishlash, ularning daromadlarini oshirish va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.