Barcha yangiliklar
Aholiga qulay va sifatli savdo xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda
Gallery image 261389
Gallery image 261390
Gallery image 261391
Gallery image 261392
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
29 Sen 2026
16:21

Aholiga qulay va sifatli savdo xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda

O‘rganish davomida tuman Kengashining 2026-yil 5-martdagi VII-16-12-8-114-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan ko‘p qavatli uy-joylar hududida zamonaviy ko‘chma savdo nuqtalarini barpo etish, ularning faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda aholiga qulay va sifatli savdo xizmatlarini ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tashabbus orqali ko‘p qavatli uy-joylarda istiqomat qiluvchi aholiga kundalik ehtiyoj uchun zarur mahsulotlarni xarid qilishda qulaylik yaratish, savdo xizmatlari sifatini oshirish hamda hududlarda zamonaviy savdo infratuzilmasini rivojlantirish ko‘zda tutilmoqda.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha mavjud masalalarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.