Barcha yangiliklar
USTOZGA EHTIROM — KELAJAKKA EHTIROM
Gallery image 261374
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
30 Sen 2026
16:13

USTOZGA EHTIROM — KELAJAKKA EHTIROM

Tadbirda politexnikum jamoasi, fidoyi ustoz va murabbiylar, ta’lim sohasi vakillari ishtirok etdi. Bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyat va samimiy tilaklar bilan boshlandi.

Tadbirda so‘zga chiqqan xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati R.Mengziyayeva politexnikum jamoasini ulug‘ ayyom — O‘qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Bugungi kunda politexnikumlarda yoshlarni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘rgatish, ularning amaliy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, kelajakda munosib mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish borasida ustozlarning mehnati beqiyosdir.

Tadbir davomida tuman hokimining Faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari munosib ustozlarga topshirildi. Bu e’tirof ustozlarning ko‘p yillik zahmatli mehnatiga bo‘lgan hurmat va ehtiromning amaliy ifodasi