Barcha yangiliklar
📍 Mahallalarda obodonchilik: Muammolar amalda hal etilmoqda
Gallery image 261252
Gallery image 261253
Gallery image 261254
BEKTEMIROV SOBIR QAXROMONOVICH
08 Okt 2026
15:10

📍 Mahallalarda obodonchilik: Muammolar amalda hal etilmoqda

📍 Mahallalarda obodonchilik: Muammolar amalda hal etilmoqda
Tuman Kengashi kotibiyat mudiri B.Amanovning tashabbusi bilan navbatdagi xayrli ishga qo‘l urildi.
Ko‘p yillardan buyon aholi uchun noqulayliklar tug‘dirib kelayotgan, ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan “Do‘stlik” MFY, Mustaqillik ko‘chasidagi ichki yo‘llar to‘liq asfaltlashtirildi.
Fuqarolarning yo‘l nosozligi bo‘yicha qilgan murojaatlari ijobiy hal etilib, bugungi kunda yo‘llarni ravon va tekis holatga keltirish ishlari yakunlandi. Hudud aholisi va haydovchilar uchun katta qulaylik yaratildi. Mahalla ahli ushbu e’tibor va tashabbus uchun o‘z minnatdorchiliklarini bildirmoqdalar.
Xalq manfaatlari yo‘lidagi amaliy ishlar tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.