Barcha yangiliklar









RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
08 Okt 2026
14:18
QON VA UNING TARKIBIY QISMLARI DONORLIGI TO‘G‘RISIDAGI QONUN IJROSI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati R. Ruzibayev tomonidan “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, 2002-yil 30-avgustdagi 402-II-son Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida qon va uning tarkibiy qismlari donorligini tashkil etish, donorlar bilan ishlash, ularni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda qon topshirish jarayonlarini tashkil etish holatlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, donorlikni targ‘ib qilish, aholini ixtiyoriy ravishda donorlikka jalb etish hamda donorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.