Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 31649
Gallery image 31650
Gallery image 31651
Gallery image 31652
Gallery image 31653
Gallery image 31654
Gallery image 31655
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
12 Mar 2025
10:33

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakilining Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi bilan 2025-yilda hamkorlik qilish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 7-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Alimov hamda Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati O.Isonov bilan hamkorlikda umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida “Ombudsman soati” loyihasi doirasida yoshlarning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xabardorligini oshirish uchun Boyovut tumanidagi 22-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabining sinf o‘quvchilariga “Ombudsman soati” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda maktab o‘quvchilariga Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlar, “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida bola huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini taʼminlash  kafolatlari hamda inson huquq va erkinliklari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Tadbirda maktab o‘quvchilari maʼruzalarni katta qiziqish bilan tingladilar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga kitob berib, maktabga kitoblar sovg‘a qildi.