Barcha yangiliklar
#Hududdagi madaniyat muassasalari holati
Gallery image 260933
Gallery image 260934
Gallery image 260935
Gallery image 260936
ESHOV SHAXBOZ USKAN UG‘LI
08 Okt 2026
11:17

#Hududdagi madaniyat muassasalari holati

#Hududdagi madaniyat muassasalari holati

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi deputati B.Baxovadinov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Sidikovalar tomonidan tuman markazidagi Axborot-kutubxona markazi faoliyati o‘rganildi.

📚O‘rganish jarayonida kutubxonada aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, kitob fondining holati, mavjud adabiyotlarning saqlanishi, o‘quv zallari va kitobxonlar uchun yaratilgan qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi. Shu bilan birga, fondni yangi va dolzarb adabiyotlar bilan boyitish, elektron resurslardan foydalanish imkoniyatlari hamda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tizimi tahlil qilindi.

📕Mas’ullar bilan o‘tkazilgan muloqotda kutubxonaning madaniy-ma’rifiy maskan sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamlash, yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni ko‘paytirish hamda jahon va milliy adabiyotlarning eng sara namunalarini kitob fondiga muntazam jalb etish masalalari muhokama qilindi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!