Barcha yangiliklar
31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimi o‘rganildi
Gallery image 260841
Gallery image 260842
Gallery image 260843
Gallery image 260844
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
07 Okt 2026
10:13

31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimi o‘rganildi

31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi Kotibiyati mudiri
N. Ubaydullayev tomonidan 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining isitish tizimi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabdagi isitish tizimining umumiy holati, isitish qurilmalari va tarmoqlarining sozligi, o‘quv xonalarida zarur haroratni ta’minlash imkoniyatlari hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur jarayon Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalarning 11-yo‘nalishi hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida amalga oshirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha isitish tizimining mavsum davomida barqaror va xavfsiz ishlashini ta’minlash, mavjud masalalarni bartaraf etish hamda o‘quvchilar uchun qulay ta’lim sharoitlarini yaratish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.