Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 260749
Gallery image 260750
Gallery image 260751
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Okt 2026
09:38

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🌳 Ko‘ngilochar dam olish maskani tashkil etish ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda bosh mutaxassis D.Shakarboyevlar tomonidan Oqoltin tumani markazidagi “Yangi davr” mahallasida ko‘ngilochar dam olish maskani tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur hududda obodonlashtirish va dam olish maskanini tashkil etish ishlari tasdiqlangan reja asosida olib borilayotgani aniqlandi. Ayni vaqtda hududda maxsus texnikalar yordamida yerga ishlov berish va tayyorlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Mas’ullarga ishlarni belgilangan tartib va muddatlarda sifatli tashkil etish, hududni obodonlashtirish hamda kelgusida aholi uchun qulay va zamonaviy dam olish maskanini shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.