Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 260740
Gallery image 260741
Gallery image 260742
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Okt 2026
09:36

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

🔎 Mahalladagi jinoyatchilik holati o‘rganildi

Mahalliy davlat hokimiyati to'g'risida" qonunning 19/1 prim moddaga asosa Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputatlari N.Turdiyev, D.Egamqulova hamda tuman Kengashi ekspert guruhi a’zosi Sh.Safarniyozovlar tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan “A.Navoiy” mahallasi profilaktika inspektori bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida mahalladagi jinoyatchilik holati, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda profilaktik nazoratdagi fuqarolar holati o‘rganildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, avgust oyida mahallada 1 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lsa, sentabr oyida jinoyat sodir etilmagan.

Shuningdek, mahallada probatsiya hisobida turuvchi 6 nafar fuqaro, jazoni ijro etish koloniyalaridan qaytgan 2 nafar fuqaro mavjudligi aniqlandi. Ular bilan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish masalalari yuzasidan ma’lumotlar olindi.