Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 260699
Gallery image 260700
Gallery image 260701
Gallery image 260702
Gallery image 260703
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Okt 2026
09:25

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashining 2026-yil 13-martdagi VII-25-25-9-122-K/26-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida masala ko‘rib chiqildi.

Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N.O‘mirzoqovning hisoboti eshitildi.

Yig‘ilish davomida masala yuzasidan tegishli ma’lumotlar tinglanib, deputatlar tomonidan savol va takliflar bildirildi hamda kun tartibidagi masala muhokama qilindi.