Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi
Gallery image 260681
Gallery image 260682
Gallery image 260683
Gallery image 260684
KENJAYEV UMIDJAN YULDASHEVICH
08 Okt 2026
09:19

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

SUN’IY FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati E.Babayev va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Shakarboyev tomonidan Mustaqillik mahallasi Zilolsuv ko‘chasida joylashgan sun’iy futbol maydonining holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida futbol maydonini o‘rab turgan to‘siqlar ta’mirtalab holatga kelgani aniqlandi. Mazkur holat yuzasidan tegishli mas’ullarga ma’lumot berilib, maydon atrofidagi to‘siqlarni ta’mirlash va obodonlashtirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish masalasi belgilandi.

Deputatlar tomonidan hududdagi sport inshootlarining holatini yaxshilash, yoshlar uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish masalalari nazoratga olindi.