Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI
Gallery image 260613
Gallery image 260614
Gallery image 260615
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
08 Okt 2026
08:51

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova kotibiyat bosh mutaxassisi M.Muhammadiyevlar tomonidan “Xotira” xiyobonida bo‘lib, hududda olib borilayotgan qurilish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

🏗 Loyiha doirasida xiyobonni zamonaviy qiyofaga keltirish, hududni keng ko‘lamda ko‘kalamzorlashtirish, obodonlashtirish hamda aholi uchun qulay dam olish maskanini yaratish ko‘zda tutilgan.

Bugun bu yerda qurilish va obodonlashtirish ishlari davom etmoqda. Kelgusida esa xiyobon oilalar bilan sayr qilish, nuroniylar hordiq chiqarishi, yoshlar va bolalar mazmunli vaqt o‘tkazishi uchun zamonaviy va fayzli maskanga aylanishi ko‘zda tutilgan.

📌 O‘rganish davomida tuman hokimi tomonidan mas’ullarga qurilish va obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish, ishlarni sifatli tashkil etish hamda belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.