Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI
Gallery image 260598
Gallery image 260599
Gallery image 260600
XAYDAROV TULQINJON DILSHOD O‘G‘LI
08 Okt 2026
08:34

XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati mudiri M.Kamolova tomonidan tumandagi mahallalarda obodonlashtirish, hududlarni toza va ozoda saqlash hamda sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallalar hududidagi tozalik va obodonlashtirish ishlari, ko‘chalar va umumiy foydalanish joylarining sanitariya holati, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va olib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, hududlarni yanada obodlashtirish, yashil maydonlarni ko‘paytirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholiga qulay va toza muhit yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Obod va toza mahalla — farovon hayot garovi!

Har bir mahallaning ko‘rkamligi va sanitariya holatini yaxshilash, avvalo, aholi va mas’ullarning hamjihatlikdagi sa’y-harakatlariga bog‘liq.

Uchquduq tumanida obodonlashtirish va sanitariya ishlarini yanada kuchaytirish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.