Barcha yangiliklar
O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI
Gallery image 260592
Gallery image 260593
Gallery image 260594
Gallery image 260595
Gallery image 260596
Gallery image 260597
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
07 Okt 2026
21:48

O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI

#24_ta_tavsiyaviy_savol

❗️ O‘RGANISHLARNING SO‘NGGI MANZILI — 342-SONLI UMUMTA’LIM MAKTABI

🏫 Yashnobod tumanida olib borilgan o‘rganishlarning so‘nggi manzili 342-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi. Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi a’zosi Gulnora Marufova, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov hamda Yashnobod tumani Kengashi kotibiyati mas’ullari maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

📚 O‘rganish davomida ta’lim-tarbiya jarayoni, maktabning moddiy-texnik bazasi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

🔺 Shuningdek, maktab hududida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun sport hamda vorkaut maydonchasi barpo etish masalasi ko‘rib chiqildi.

🗣 Jarayonda mas’ullar va mutaxassislarning takliflari tinglanib, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilar uchun mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash hamda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan vazifalar belgilab olindi.

♻️ Shu bilan Yashnobod tumanida belgilangan manzillar bo‘yicha o‘rganishlar yakunlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash