Barcha yangiliklar
#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #MurojaatlarDaftari
Gallery image 260508
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
07 Okt 2026
20:03

#kunlik_ish_reja_ijrosi #deputat_faoliyati #MurojaatlarDaftari

📌 Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengashining 2-Qurama saylov okrugi deputati Choriyeva Nargiza Abdug‘afforovna tomonidan “Obod turmush” mahallasida aholi murojaatlarini o‘rganish va fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Muloqot davomida mahalla fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, bandlik hamda turli yo‘nalishlardagi murojaatlari joyida tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masala batafsil ko‘rib chiqilib, ularning yechimi bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot va idoralarga deputatlik so‘rovlarini yuborish hamda ularning ijrosini qat'iy nazoratga olish belgilab olindi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz