Barcha yangiliklar
#19¹_modda #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati
Gallery image 260459
Gallery image 260460
Gallery image 260461
Gallery image 260462
Gallery image 260463
Gallery image 260464
Gallery image 260465
Gallery image 260466
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
07 Okt 2026
19:38

#19¹_modda #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_masala #Deputatlik_nazorati

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar doirasida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 16-“Mo‘minqul” saylov okrugidan saylangan deputat Qodirov Rasul Saydullayevich tashabbusi bilan “Mo‘minqul” mahallasida navbatdagi deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 12-“Bo‘ston” saylov okrugidan saylangan deputati, Kengash kotibiyati mudiri Xujanov Musurmon Abduraxmonovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi I.Roziqovlar ishtirok etishdi.

Deputatlik nazorati davomida mazkur toifadagi fuqarolarning yashash sharoitlari, xonadonlarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari sifati va belgilangan vazifalarning ijrosi joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’mirlash ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Shuningdek, fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaat va takliflari tinglandi.

Deputatlik nazorati tadbirlari qarorlar ijrosini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish hamda ehtiyojmand oilalarning turmush sharoitlarini yaxshilashga xizmat qilmoqda.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz