Barcha yangiliklar
🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi
Gallery image 260273
Gallery image 260274
Gallery image 260275
Gallery image 260276
Gallery image 260277
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
07 Okt 2026
18:07

🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi

🔰E’tibor va g‘amxo‘rlik – inson qadrining amaliy ifodasi

➡️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov hamda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi hamkorligida “Hazorman” mahallasida istiqomat qiluvchi nogironligi bo‘lgan fuqarolar holidan xabar olindi.
➡️O‘rganishlar davomida nogironligi bo‘lgan shaxslarning kundalik hayotida duch kelayotgan muammolari, ularning ijtimoiy himoyasi va zarur vositalar bilan ta’minlanganlik holatiga alohida e’tibor qaratildi. Muloqot jarayonida fuqarolarning ehtiyojlari tinglanib, mavjud masalalarni amaliy hal etish choralari belgilandi.
➡️Shu asosda, ehtiyojmand fuqarolarga nogironlik aravachalari olib berilib, ularning erkin harakatlanishi va kundalik hayotini yengillashtirishga ko‘maklashildi.
➡️Bunday amaliy yordam fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularning jamiyat hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur sharoit yaratish hamda inson qadrini ulug‘lashga qaratilgan sa’y-harakatlarning amaliy ifodasidir.
➡️Aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish hamda amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi ishlar deputatlik nazorati doirasida izchil davom ettiriladi.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt