Barcha yangiliklar
SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
Gallery image 260188
Gallery image 260189
Gallery image 260190
Gallery image 260191
Gallery image 260192
RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
07 Okt 2026
17:25

SESSIYA OLDIDAN DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining sessiya oldidan Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

 Yig‘ilishda “Tibbiyot kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash, uzluksiz kasbiy rivojlanish hamda tibbiyot kadrlari malakasini baholash tizimini takomillashtirish” masalasi ko‘rib chiqildi.

 Muhokama davomida tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlashga oid masalalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Shuningdek, loyiha konsepsiyasini Xalq deputatlari viloyat Kengashi bilan kelishish belgilanganligi qayd etildi.

 Yig‘ilish yakunida mazkur masalani sessiyada ko‘rib chiqish uchun tegishli takliflar shakllantirildi.