Barcha yangiliklar
#Deputat_mahallada
Gallery image 260186
Gallery image 260187
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
07 Okt 2026
17:28

#Deputat_mahallada

Asosiy maqsad — aholi hayoti va salomatligini asrash, xonadonlarda xavfsizlikni ta’minlash hamda kuz-qish mavsumini har qanday favqulodda holatlardan xoli, osoyishta o‘tkazish.

Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 1-okrug deputati A.Saidaхmedov tomonidan mahallalarda aholi xavfsizligini ta’minlash, kuz-qish mavsumini betalafot va ko‘ngilsiz holatlarsiz o‘tkazish yuzasidan keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

Хuzusan, xonadonlarda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish, isitish moslamalaridan to‘g‘ri foydalanish, elektr jihozlarini nazoratsiz qoldirmaslik, shuningdek, is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha muhim tavsiyalar berilmoqda.

Aholiga isitish mavsumida xavfsizlik talablariga befarq bo‘lmaslik, gaz va elektr jihozlarining texnik holatini muntazam tekshirib borish, nosoz yoki qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik zarurligi tushuntirilmoqda.