Barcha yangiliklar
#Deputat_faoliyati
Gallery image 260162
Gallery image 260163
Gallery image 260164
Gallery image 260165
Gallery image 260166
Gallery image 260167
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
07 Okt 2026
17:19

#Deputat_faoliyati

♻️Tuman Kengashi 7-“Xo‘jamozor” saylov okrugi deputati N. Xudayberganovaga biriktirilgan Kengash kotibiyati mudiri G. Tursunova tomonidan “Asil” mahallasida joylashgan 27-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida ta’lim muassasasida kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, o‘quvchi va pedagoglar uchun qulay hamda xavfsiz sharoit yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, maktab binosining umumiy texnik holati, isitish tizimlarining sozligi, sinfxonalar va boshqa xonalarning mavsumga tayyorgarligi holatiga alohida e’tibor qaratildi.

♻️Mas’ullar bilan suhbat davomida kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklarning oldini olish, o‘quvchilar va xodimlar xavfsizligini ta’minlash, energiya resurslaridan oqilona va samarali foydalanish hamda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.