Barcha yangiliklar
#Senator_va_yoshlar
Gallery image 260141
Gallery image 260142
Gallery image 260143
Gallery image 260144
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
07 Okt 2026
17:12

#Senator_va_yoshlar

#Senator_va_yoshlar

«35 yil — XALQ BILAN BIRGA»

✨O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati partiya kengashi tashabbusi asosida Zangiota tumanida «Deputat va yoshlar» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati a’zosi M.Qodirxonova, partiya mas’ullari, deputatlar, faol yoshlar hamda boshlang‘ich partiya tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

✨Muloqotda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ta’lim, kasb-hunar, bandlik va tadbirkorlik masalalari muhokama qilindi.

✨Yoshlar o‘z fikr va takliflarini bildirib, savollariga javob oldilar.

✨ Tadbir yakunida 35 nafar yosh O‘zbekiston XDP a’zoligiga qabul qilindi. Faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

✨Ushbu uchrashuv yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy-siyosiy jarayonlarga keng jalb etishga xizmat qildi.