Barcha yangiliklar
REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 260104
Gallery image 260105
Gallery image 260106
Gallery image 260107
Gallery image 260108
RUZIYEV VOXIDJON SHERMAMATOVICH
07 Okt 2026
16:44

REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

🏥 REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Nodir Dusmurodov tomonidan tumandagi "Navro‘z" tez tibbiy yordam shoxobchasi binosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur obyekt PQ-393-sonli qaror asosida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish dasturiga kiritilgan bo‘lib, loyiha ijrosi deputatlik nazoratida olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida mavjud 50 qatnovli tez tibbiy yordam shoxobchasi binosini 1-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda tibbiyot xodimlari uchun zamonaviy va qulay mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida qurilish-montaj ishlarining belgilangan muddat va sifat talablari asosida amalga oshirilishi muntazam monitoring qilib boriladi.