Barcha yangiliklar
123-SONLI MAKTABDA AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI DASTLABKI TARZDA O‘RGANILDI
Gallery image 260036
Gallery image 260037
Gallery image 260038
Gallery image 260039
Gallery image 260040
Gallery image 260041
Gallery image 260042
Gallery image 260043
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
07 Okt 2026
16:36

123-SONLI MAKTABDA AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI DASTLABKI TARZDA O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #ekspert_guruhlari

123-SONLI MAKTABDA AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI DASTLABKI TARZDA O‘RGANILDI

📁 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 15-sentabrdagi III-34-88-14-202-K/26-son qarori asosida tashabbusli byudjet jarayonining 2026-yil II mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar nazoratga olinmoqda.

🕯 Mazkur loyiha doirasida Uchtepa tumanidagi 123-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosining pol qismi, sinfxonalari, eshik va romlarini yangilash, elektr tizimini, barcha hojatxonalarni, maktab sport zali hamda kiyinish-yuvinish xonalarini ta’mirlash, shuningdek, maktabning ichki va tashqi ta’mirtalab qismlarini mukammal ta’mirlash rejalashtirilgan.

↗️ Loyiha uchun 1 milliard 648 million so‘m mablag‘ yo‘naltirilishi belgilangan. Mazkur ishlarning amaldagi holatini baholash, rejalashtirilgan ta’mirlash ishlarining ko‘lami va ehtiyojini aniqlash maqsadida obyekt deputatlar tomonidan dastlabki tarzda o‘rganildi.

💼 O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari hamda tegishli mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

🤔 Dastlabki o‘rganish davomida maktabning ta’mirtalab qismlari, mavjud sharoitlar hamda loyiha doirasida bajarilishi ko‘zda tutilgan ishlarning amaldagi ehtiyojlarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.

📝 Aniqlangan holatlar asosida tegishli mas’ullarga loyiha mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish, ta’mirlash ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli tashkil etish hamda ishlarning ijrosini nazorat qilish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📈 Mazkur loyiha doirasidagi ishlarning keyingi bosqichdagi ijrosi ham Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan deputatlik nazorati tartibida o‘rganib boriladi.