Barcha yangiliklar
Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi
Gallery image 259919
Gallery image 259920
Gallery image 259921
Gallery image 259922
Gallery image 259923
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
07 Okt 2026
15:13

Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi

25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Mirzayeva tomonidan Yakkabog‘ mahallasidagi sport maydonchasi holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida sport maydonchasining eskirgani va ta’mirtalab holatga kelgani aniqlandi. Maydonchani ta’mirlash, jihozlarini yangilash hamda yoshlar uchun qulay va xavfsiz sport muhitini yaratish zarurligi qayd etildi.
Mazkur masala yuzasidan tegishli choralar ko‘rish va muammoni bartaraf etish bo‘yicha takliflar shakllantiriladi.
Sog‘lom avlod — obod mahalladan boshlanadi!