Barcha yangiliklar
🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi
Gallery image 259856
Gallery image 259857
Gallery image 259858
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
07 Okt 2026
14:49

🏫 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

 Texnikumning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga asosan, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov “Nurli kelajak” MFY 20-Seytmuratov saylov okrugi hududida joylashgan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’limi agentligi Taxiatosh tumani 2-sonli texnikumida bo‘lib, muassasaning kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🔎 O‘rganish davomida ta’lim muassasasining mavsumga tayyorgarlik darajasi ko‘zdan kechirilib, aniqlangan holatlar va e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar belgilandi.

📑 O‘rganish natijalari hamda bildirilgan tavsiyalar yuzasidan Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevichga tegishli ma’lumot taqdim etilishi belgilandi.