Barcha yangiliklar
🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi
Gallery image 259832
Gallery image 259833
Gallery image 259834
Gallery image 259835
Gallery image 259836
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
07 Okt 2026
14:44

🗣 Qushchilik mahallasida tajriba almashildi

Qushchilik mahallasida tajriba almashildi

⏺Tashrif davomida Uzun tumani mas’ullari Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich hamrohligida Taxiatosh tumanidagi “Qushchilik” mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🫥 Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud muammolar, aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bilan manzilli ishlash masalalari muhokama qilindi.
⏺ Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan aholi muammolarini aniqlash va ularni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🫥Bunday hamkorlik va o‘zaro tajriba almashish mahallalarda samarali ish usullarini ommalashtirish, aholi farovonligini oshirish hamda hududlarni rivojlantirishga xizmat qiladi.