Barcha yangiliklar
🗣Tajriba almashish
Gallery image 259828
Gallery image 259829
Gallery image 259830
Gallery image 259831
Gallery image 259826
Gallery image 259827
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
07 Okt 2026
14:43

🗣Tajriba almashish

Tajriba almashish

⏺ Prezidentimiz tashabbusi bilan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda biriktirilgan hududlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida hududlararo hamkorlik tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

🫥 Mazkur tizim doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxiatosh tumani Qushchilik mahallasi Uzun tumaniga biriktirilgan.

⏺Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari, tashkilot va korxona rahbarlari hamda tuman faollaridan iborat ishchi guruh Taxiatosh tumaniga tashrif buyurdi.

🫥 Tashrif davomida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisi Xidirbayev Rashid Xidirbayevich va Taxiatosh tumani hokimi Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Sdikov Islambek Muratbaevichlar bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududni rivojlantirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ilg‘or tajribalarni o‘rganish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

⏺Uchrashuv yakunida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi hamda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Uzun tumani Kengashi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash va belgilangan yo‘nalishlarda amaliy ishlarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan memorandumlar imzolandi.