Barcha yangiliklar
#Huquq #Targ'ibot #uchrashuv #Maktab
Gallery image 31475
Gallery image 31476
ABDUSAIDOV SHOHRUH PARDABOY O‘G‘LI
29 Yan 2025
00:00

#Huquq #Targ'ibot #uchrashuv #Maktab

DEPUTAT: FARZANDINGIZGA HUQUQBUZARLIK OQIBATLARI HAQIDA O'RGATING

🤝"Farzandingizga huquqbuzarlikning oqibatlari haqida o'rgating. Uning qonunlar va qoidalarni bilishini ta'minlang"- deydi Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati Zuhra Po'latova.

👩‍🏫Deputat 4-maktabda ota-onalar ishtokida bo'lib o'tgan targ'ibot uchrashuvida asosiy e'tiborni qaratar ekan: "Farzandingizning qiziqishlarini qo'llab-quvvatlang va unga yangi qiziqishlarni rivojlantirishga yordam bering. Bu uni ijobiy faoliyatga jalb qilishga yordam beradi"-deydi.

👨‍💼Farzand uchun ota-ona ijobiy misol bo'lishi kerak. Uning oldida ota yoki onaning o'zini qanday tutishi bolaning ham xatti-harakatlariga ta'sir qiladi. Agar farzandingiz huquqbuzarlik qilish xavfi ostida bo'lsa, unga professional yordam olishga ko'mak berish kerak. 

Deputatlar va mas'ullarning ota-onalar va yoshlar bilan ayni masaladagi uchrashuvlari davom etmoqda.