Barcha yangiliklar
Uch avlod uchrashuvi: Partiyaning 35 yillik tarixiy yo‘li
Gallery image 259750
Gallery image 259751
Gallery image 259752
Gallery image 259753
Gallery image 259754
Gallery image 259755
Gallery image 259756
Gallery image 259757
Gallery image 259758
Gallery image 259759
AYMBETOV AJINIYAZ SHARAPATDINOVICH
07 Okt 2026
14:21

Uch avlod uchrashuvi: Partiyaning 35 yillik tarixiy yo‘li

 Uch avlod uchrashuvi: Partiyaning 35 yillik tarixiy yo‘li

O‘zbekiston XDP Taxiatosh tumani Kengashi raisi, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Artikov Davron Omarbayevich tashabbusi bilan “Uch avlod uchrashuvi: Partiyaning 35 yillik tarixiy yo‘li” mavzusida partiya faxriylari va yoshlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

🤝 Uchrashuvda partiyaning 35 yillik faoliyati, jamiyat hayotidagi o‘rni hamda xalq manfaatlarini himoya qilish borasidagi faoliyati haqida ma’lumot berildi.

Tadbirda deputatlar, nuroniylar, partiya faollari va yoshlar ishtirok etib, hayotiy tajriba, mehnat faoliyati hamda yoshlar tarbiyasiga oid fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashdilar.

💬 Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olib, katta avlod vakillarining hayotiy tajribasidan bahramand bo‘ldilar.

🌱 Samimiy muloqot avlodlar o‘rtasidagi hurmat, mehr-oqibat va tajriba almashuvini yanada mustahkamladi.

🟣 Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasini tashkil etish tashabbusi 1991-yil 14-sentabrda ilgari surilgan. 1991-yil 1-noyabrda partiyaning I Ta’sis qurultoyi o‘tkazilib, Ustavi va Dasturi qabul qilingan. 1991-yil dekabr oyida partiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

🎉 2026-yilda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 35 yilligi nishonlanmoqda.