Barcha yangiliklar
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 259629
Gallery image 259630
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
06 Okt 2026
11:16

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Sabura Normetova hamda O‘zXDP Yunusobod tuman Kengashi raisi Muxlisa Qosimova Yunusobod tumanidagi 202-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasa faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✅O‘rganish davomida maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, sanitariya-gigiyena talablari, tarbiyalanuvchilarning xavfsizligi hamda muassasaning moddiy-texnik holati ko‘zdan kechirildi.

🇺🇿Mazkur o‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni, “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirildi.

✅Maqsad — maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar uchun xavfsiz, sog‘lom va sifatli ta’lim-tarbiya muhitini yaratishga ko‘maklashishdan iborat.

Bizni kuzatishda davom eting!