Barcha yangiliklar
🔰Jamoatchilik nazorati.
Gallery image 259586
Gallery image 259587
Gallery image 259588
Gallery image 259589
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
07 Okt 2026
10:18

🔰Jamoatchilik nazorati.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining “Qurish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasi raisi B.Toshpo‘latov tomonidan “Madaniyat” MFYdagi 11-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganish o‘tkazildi.

🔸O‘rganish davomida asosiy e‘tibor muassasaning isitish tizimi, xonalardagi havo harorati va bino infratuzilmasining holatiga qaratildi. B. Toshpo‘latov muassasa rahbariyati va mas‘ullar bilan suhbatlashib, qish pallasida bolalarning sog‘lig‘ini asrash, guruh xonalarida belgilangan sanitariya-gigiena me‘yorlariga qat‘iy amal qilish yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdi.

🔸Jamoatchilik nazorati natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, isitish tizimi va xavfsizlik masalalarini qisqa muddatda hal etish bo‘yicha mas‘ul tashkilotlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi. Muammoning yakuniy yechimi doimiy komissiyaning qat‘iy nazoratiga olindi.

#JizzaxshaharKengashi