Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov ishtirokida “O‘rmonchilar” MFYda navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi.
Gallery image 259570
Gallery image 259571
Gallery image 259572
Gallery image 259573
MIRZAKARIMOV OTABEK MUXTARJANOVICH
30 Sen 2026
09:52

Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov ishtirokida “O‘rmonchilar” MFYda navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

🇺🇿Xalq deputatlari Farg‘ona shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Kamalov ishtirokida “O‘rmonchilar” MFYda navbatdagi o‘rganish tadbiri tashkil etildi.

🇺🇿 Mazkur jarayon hududlarda aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, kambag‘allikni qisqartirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida amalga oshirildi.

➡️ Muloqot va o'rganishlar davomida mahalladagi hokim yordamchisining faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarning bandligini ta’minlash, ularni doimiy daromad manbai bilan band qilish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida bajarilayotgan ishlar natijadorligiga alohida e'tibor qaratildi.

📌 Ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, kambag‘allikni qisqartirish borasidagi belgilangan chora-tadbirlarni jadallashtirish hamda ko‘rsatkichlar ijrosini to‘la ta'minlash yuzasidan mas'ul shaxslarga ko‘rsatmalar berildi.

✔️ Tadbir yakunida hududda aholi turmush darajasini oshirish, kambag‘allikka qarshi kurashish va bandlikni ta’minlash borasidagi ishlarning samaradorligini doimiy nazorat ostida saqlash yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

🇺🇿 Xalq deputatlari Fargʻona shahar Kengashi

"Bizga obuna bo'ling!⬇️ "
"Bizni kuzatishda davom eting! 🌐"