Barcha yangiliklar













UTEGENOV ABDURAXIM KODIRALIYEVICH
18 Sen 2026
00:00
⚖️ Huquqiy ko‘mak va inson manfaatlari — e’tibor markazida!
Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat B.Yulchiyev tuman Adliya bo‘limida bo‘lib, “Madad” NNT faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🤝 O`rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan huquqiy yordam, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda ularning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar haqida ma’lumot olindi.
📌 Huquqiy savodxonlik — huquqlarni bilishdan, huquqlarni himoya qilish esa amaliy ko‘makdan boshlanadi.
Deputat tomonidan “Madad” NNT faoliyatini yanada takomillashtirish, aholiga huquqiy xizmatlarni qulay va sifatli yetkazish masalalariga e’tibor qaratildi.
Xalq bilan birga — xalq manfaatlari yo‘lida!