Barcha yangiliklar
QONUNLAR IJROSI O‘RGANILDI
Gallery image 259347
KARIMOV AZIMBOY XO‘JABOY O‘G‘LI
06 Okt 2026
21:08

QONUNLAR IJROSI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida 2021-yil 13-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Aholi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi 713-sonli Qonuni ijrosi holati ko‘rib chiqildi.

Jumladan, aholini muhofaza qilish bo‘yicha tuzilgan ishchi guruh faoliyati hamda ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, seysmik xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholining tayyorgarligini oshirish borasida amalga oshirilishi zarur bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 13-sentabrdagi 713-sonli “Aholi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonuni.