Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA - KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI
Gallery image 259308
Gallery image 259309
Gallery image 259310
Gallery image 259311
Gallery image 259312
Gallery image 259313
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
06 Okt 2026
20:00

DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA - KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #Sessiya_oldi_organish

DEPUTATLIK NAZORATI AMALDA - KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi faoliyati oldidan komissiya tomonidan tuzilgan ishchi guruh tomonidan tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limining faoliyati o‘rganildi.

📊 O‘rganish jarayonida aholining bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

🕯 Shuningdek, belgilangan vazifalarning ijrosi, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati, yaratilgan ish o‘rinlarining samaradorligi va aholini doimiy daromad manbai bilan ta’minlash borasidagi ishlar ham o‘rganish doirasida ko‘rib chiqildi.

💼 Mazkur jarayonda ishchi guruhga deputatlar J.Ismanov boshchiligida J.Karimov, A.Usmanov, B.Xalmatov, U. Begjanov, shuningdek, ekspert guruhi a’zolari ishtirok etdilar.

🔎 O‘rganish davomida aniqlangan masalalar, mavjud muammolar va ularning yechimlari bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilib, doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilish uchun asoslar shakllantirildi.

📈 Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholining munosib bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va hududda iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlarning samaradorligini oshirishdir.