Barcha yangiliklar
KO‘KSAROY MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI
Gallery image 259214
Gallery image 259215
Gallery image 259216
Gallery image 259217
Gallery image 259218
Gallery image 259219
Gallery image 259220
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
06 Okt 2026
19:06

KO‘KSAROY MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #162_ta_eng_muhim_qonun

KO‘KSAROY MAHALLASIDAGI MUAMMOLAR DEPUTATLIK NAZORATIGA OLINDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 14-O‘rikzor saylov okrugi deputati Abdurashid Abdushukurov tomonidan Ko‘ksaroy mahallasida mahalla faollari va nuroniylari bilan suhbat o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan muammolar o‘rganildi.

Suhbat davomida fuqarolar tomonidan 6-Bositxon ko‘chasiga asfalt qoplamasi yotqizish, Navro‘z va Navro‘z-1 ko‘chalarining jami 5 400 kvadrat metr qismiga asfalt qoplamasi yotqizish, shuningdek, avtobus bekati hududida suv to‘planib qolishini bartaraf etish kabi masalalar ko‘tarildi.

Deputat tomonidan bildirilgan murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi hamda mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

Uchrashuv “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish maqsadida tashkil etildi.

Tadbirda Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zosi, Ko‘ksaroy mahallasi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ishtirok etdi.