Barcha yangiliklar
KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 259208
Gallery image 259209
Gallery image 259210
Gallery image 259211
Gallery image 259212
Gallery image 259213
JABBOROVA GULZODA YUSUFOVNA
06 Okt 2026
18:51

KARMANA TUMANI KENGASHINING 31-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Bugun, 6-oktabr kuni, Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yettinchi chaqiriq, navbatdagi 31-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga tuman ijtimoiy-iqtisodiy hayotining muhim yo‘nalishlariga oid 9 ta dolzarb masala kiritildi.
Sessiya davomida kun tartibidagi masalalar deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilinib, mas’ullarning hisobot va axborotlari tinglandi. Muhokamalar jarayonida deputatlar tomonidan tegishli savol, taklif va mulohazalar bildirildi.
Bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
📌 Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar tuman hududida jamoat xavfsizligini ta’minlash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, madaniyat va sport infratuzilmasi, budjet daromadlari, mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish, korrupsiyaning oldini olish, suv ta’minoti hamda hududiy infratuzilmani rivojlantirish kabi muhim yo‘nalishlarni qamrab oldi.