Barcha yangiliklar
#Islohatlar amalda
Gallery image 31383
Gallery image 31384
Gallery image 31385
RAJABOVA GULSHODA SULTONMUROD QIZI
01 Mar 2025
10:16

#Islohatlar amalda

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdulla Aslonov, Toyloq tumani Kengashi deputatlari tumanidagi “Olmazor” MFYda bo‘lib, saylovchilar bilan muloqot qildi, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuvda dastlab deputat mamlaktimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, Qonunchilik palatasida qabul qilinayotgan qonunlar haqida ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, saylovchilarning takliflari, fikr-mulohazalari bilan qiziqdi. Muloqotlar chog‘ida fuqarolar tomonidan mahallada bo‘sh turgan binolardan unumli foydalanishda amaliy yordam so‘rab murojaat qilindi. Deputat ushbu masalani nazoratga oldi.

Shuningdek, A. Aslonov, tuman Kengashi deputatlari “Taraqqiyot” MFYda ham bo‘lib, saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Yettilik tarkibidagi xodimlar bilan suhbat o‘tkazib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Deputatning o‘rganishlari davom etmoqda.