Barcha yangiliklar
Deputat nazorati
Gallery image 259169
Gallery image 259170
Gallery image 259171
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
06 Okt 2026
18:15

Deputat nazorati

Shuningdek, 10-Bobur saylov okrugi deputati E.Tursunqulov tomonidan saylov okrugi hududidagi 8-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham o‘rganish olib borildi. Unda o‘quvchilar uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya sharoitlari, maktabning moddiy-texnik bazasi hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatiga e’tibor qaratildi.

Jumladan, ta’lim muassasasining isitish tizimi, o‘quv xonalarining mavsumga tayyorgarligi, o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilandi.