Barcha yangiliklar







RADJAPOVA NIGORA KUTLIMURATOVNA
06 Okt 2026
16:50
XONQA TUMANIDAGI 18-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi Kotibiyat mudiri U. Kuryazov va viloyat Kengashi bosh mutaxassisi U. Egamov tomonidan Xonqa tumanidagi 18-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazishga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati hamda o‘quvchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Mavsum davomida ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, maktabda issiqlik va qulay sharoitlarni yaratish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.