Barcha yangiliklar

RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
06 Okt 2026
16:52
🍂 KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK — DEPUTATLIK NAZORATIDA
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Madraximov Ipakchi mahallasi hududidagi 23-son DMTT hamda 29-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasalarining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.
🔹 Issiqlik tizimlari va isitish qurilmalarining holati;
🔹 bino va inshootlarning mavsumga tayyorgarligi;
🔹 zarur yoqilg‘i zaxiralarining mavjudligi;
🔹 o‘quvchi va tarbiyalanuvchilar uchun qulay hamda xavfsiz sharoitlar yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.
Aniqlangan masalalarni bartaraf etish va mavsumni betalafot o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.