Barcha yangiliklar
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
Gallery image 259037
Gallery image 259038
Gallery image 259039
Gallery image 259040
Gallery image 259041
AZIZOV BAXODIR BOTIROVICH
06 Okt 2026
16:42

AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

 Xalq deputatlari Arnasoy tumani Kengashi deputati, tuman hokimi O. Musanov tomonidan o‘z saylov okrugida aholi bandligini ta’minlash, fuqarolar daromadlarini oshirish hamda oilalar farovonligini yuksaltirishga qaratilgan ishlar yuzasidan fuqarolar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaatlari, muammolari va takliflari tinglandi. Aholining mavjud bandlik holati, ish bilan ta’minlash imkoniyatlari hamda qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot davomida fuqarolarning bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarini oshirish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

Shuningdek, fuqarolarning mehnat qilish va daromad topish imkoniyatlarini kengaytirish, oilalar farovonligini ta’minlash hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan zarur vazifalar belgilab olindi.