Barcha yangiliklar
Yakkabog‘ mahallasidagi ko‘pqavatli uylar liftlarining holati o‘rganildi
Gallery image 258993
Gallery image 258994
Gallery image 258995
MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
06 Okt 2026
16:27

Yakkabog‘ mahallasidagi ko‘pqavatli uylar liftlarining holati o‘rganildi

25-Yakkabog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Mirzaulukov Zafar Zohid o‘g‘liga biriktirilgan Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Mirzayeva tomonidan Yakkabog‘ mahallasidagi ko‘pqavatli uylarning liftlarining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida ayrim liftlarning to‘liq va barqaror ishlamayotgani, texnik jihatdan ta’mirtalab holatga kelgani aniqlandi.
Aholi uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida liftlarni texnik ko‘rikdan o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
Mazkur masala yuzasidan tegishli mas’ullarga takliflar kiritilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha ishlar nazoratga olinadi.