Barcha yangiliklar
Hududdagi sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi
Gallery image 258966
Gallery image 258967
Gallery image 258968
Gallery image 258969
Gallery image 258970
Gallery image 258971
NORBAYEVA GULSHAN XASHIMOVNA
06 Okt 2026
16:14

Hududdagi sanitariya va obodonlashtirish holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati Mutalov Omonulla Nig‘matullayevich tomonidan saylov okrugiga qarashli hududda sanitariya-obodonlashtirish ishlari, hudud tozaligi hamda mavjud infratuzilmaning holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish holati, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (pod’yezdlari), yerto‘lalari va uylar atrofidagi hududlarning tozaligi, sanitariya holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahalla ichki ko‘chalari va yo‘l qoplamalarining holati ko'zdan kechirildi. Mahalla yo‘l yoqalarida chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmasdan to‘planib qolgani o‘rganildi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarni muntazam tozalash, ko‘p qavatli uylar atrofida obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish va aholiga qulay hamda xavfsiz muhit yaratish masalalari deputat tomonidan nazoratga olindi.